linkedin facebook linkedin facebook nod32

Global taraqiyotning Lotin amerikasi modeli

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-03-16

Global taraqiyotning Lotin amerikasi modeli

1974 yilda prof. A. Errero rahbarligi argentinalik olimlar guruhi global taraqiyot modeli ustida ish olib borib, yangi natijalar olishga erishdilar. «Tinchlik-3» modeli muhokamasida insoniyat jamiyatining garmonik rivojlanishi uchun turli mamlakatlarda boyliklarning notekis taqsimlanganligi asosiy to’siq bo’layotganligi aytilgan edi. Ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi ochlik, savodsizlik va yomon maishiy sharoitlarda yashayotgan edi. Bu holat modeli tabbiy resurslardan beayov foydalanish atrof-muhitning ifloslanishi kabi muommolar bilan bog’lanmagan edi.
Errero modelida insoniyat jamiyatining yaxlit rivojlanishi uchun nafaqat moddiy taxminotni oshirish, balki munosib hayot sharoitlarini yaratish talab etiladi. Buning ma’nosi, etarli tibbiy xizmat, ta’lim, oziq-ovqat va uy-joy bilan taxminlanganlik tushuniladi.
Tadqiqiotlarni utkazish uchun dunyoni 4 ta o’zaro bog’liq mintaqalardan iborat sistema deb qaraladi. Bu mintaqalar sifatida;
1) Afrika
2) Lotin Amerikasi
3) Osiyo va Okeaniya
4) Rivojlanmagan mamlakatlar olingan.
Modelda mintaqalarning o’zaro aloqasi sifatida halqaro savdo va insonparvarlik yordami qaraladi. Har bir mintaqaning mintaqaning rivojlanishi 5 ta; iqtisodiyot, aholi soni, uy-joy qurilishi, urbanizatsiya, ta’lim, oziq-ovqat o’zgarishlarini ifodalovchi o’zaro bog’liq sistemalar orqali ifodalanadi. Xususan, qurolsizlanish natijasida munosib turmush tarziga erishish uchun zarur bulgan ulkan imkoniyatlar ochildi. Tadqiqit 2 ta senariyni tekshirish bilan chegaralanadi. Bu loyiha bir qator ijobiy elementlarga ega. Bu jarayonni boshqarish imkoniyati, optimallash moslashishining quyilishi kabilar.
YAponlarning «Taraqqiyotga yangicha kirish» loyihasi.
Global taraqqiyot muommosi bo’yicha professor YA. Kaya rahbarligida ishlab chiqarilgan ushbu loyiha ancha mashhur bo’lib ketdi. Ular dunyo miqyosdagi global muommolao qatoriga oziq-ovqat tanqsiligi, rivojlangan mamlakatlarning ko’pchiligida ishlab chiqarishning past darajada ekanlagi, ishsizlik kabilarni kiritadi. Global taraqqiyot modeli asosida dunyo iqtisodining o’sishini ta’minlash maqsad qilib quyilgan. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti qishloq xujalik va xom ashyo qazib olishga asoslangan. Modelda sanoatning ishlab chiqarishnig o’sishi bilan samaradorlik pasaymaydigan sohalarini rivojlanrtirish eng maqbul strategiya deb hisoblanadi. Bu loyihada dunyo mamlakatlari 9 ta mintaqaga ajratiladi.
Har bir mintaqaning rivojlanish dinamikasi 3 ta o’zaro bog’liq qism modellar orqali taviflanadi; ishlab chiqarish, iste’mol, aholi soni. Modelda ikkita senariy qaraladi.
A-senariy bo’yicha aholi jon boshiga tugri keladigan yalpi mahsulotni maksimal oshirish.
V-senariy rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini optimal rivojlantirish. Tadqiqotlar 1970 yildan 2010 yilgacha bulgan davr uchun utkazildi.
A-senariyda barcha mintaqalar uchun aholi jon boshiga tugri kelgan yalpi mahsulotning o’sishi ta’minlangan boshqaruv usuli topildi. Biroq bu senariyda rivojlangan mamlakatlar sanoatining o’sish suratlari avvlgidek yuqori bo’lib, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodi o’rtasidagi farq yanada oshdi.
V-senariyda esa rivojlangan mamlakatlar daromadlarining pasayishi rivojlangan mamlaktlarda esa sezilarli oshishi ko’zatiladi.
SHu bilan aholi daromadlaridagi farqlar saqlanib qoldi. Rivojlanayotgan mintaqalar daromadlarining oshishi barcha mintaqalar iqtisodiyotini qayta qurish hisobiga amalga oshiriladi.

878 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений