linkedin facebook linkedin facebook nod32

Global taraqqiyotni matematik modellashtirish

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-03-16

Global taraqqiyotni matematik modellashtirish.

Hozirgi paytda «Inson va uning yashash muhiti» muammosi butun dunyoda keng muhokama etilmoq. Uning asosiy aspektlari aholi sonining o’sish, tabiiy resurslarining ayovsiz ishlatilishi, inson faoliyatining atrof-muhitiga salbiy tayasiri kabilar hisoblanadi.
Ilmiy-texnikaning inqilobi sharoitlarida insonning atrof-muhitga salbiy ta’siri tabiiy jarayon darajasiga etdi. Bu salbiy oqibatlar havfni keltirib chiqaradi. Ijtimoiy iqtisodiyot munosabat, qullash shu qadar murakkabki, uni o’z-o’zicha kerak yunalishga tushirib yuborishga umid bog’lash mumkin emas. Insoniyat rivojlanishining barcha faktorlarini va uni ongli tashkil etish yo’llarini urganish masalasi dolzarb bo’lib qoldi.
Forrester va Midao’z global taraqqiyot modeli ekologik jarayonlarning global tavsifini shakllantirishga birinchi bo’lib 1971 yilda Amerikalik tadqiqotchi D.T. Forrester urinib ko’rdi. U o’zining «Dunyo dinamikasi» kitobida iqtisodiy taraqqiyot modelini taklif etdi. Ushbu model faqat ikkita parametrga ega edi. Bu parametrlari axoli soni hamda muhitning ifloslanishi. Model bu ikki parametrning o’zaro bogliqligini darajasini va iqtisodiy rivojlanish tempini baholashga imkon beradi. Forrestor ta’kidlaganidek uning kitobida sof metodik masala qaralgan bo’lib, bu model o’quv harakteriga ega. Shunga qaramasdan Ushbu model birinchi marta ishlab chiqarish ijtimoiy va ekalogik jarayonlarni birlashtirish imkoniyatini namoyish etdi. «Dunyo dinamikasi» kitobidan bir yil keyin D.Midoo’z rahbarligidagi olimlar guruhi tomonidan «O’sish chegaralari» nomli kitobi nashr etildi. Forrestorning kitobini faqat tor doiradagi mutaxassizlar payqagan bulsa, Medoo’zning ishlarini dunyoning turli tillarida katta suratlarda Chop etildi. Medoo’zning «Tinchlik-3» deb nomlangan modeli nochiziqli differensial tenglamalar sistemasidan iborat bo’lib axoli soni, ularning qishloq xo’jaligi, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslar, muxitning ifloslanishi kabi parametrlarni o’zaro bog’laydi. Mualliflar o’z oldilariga oldindan aniq bashorat qilish masalasini maqsad qilib qo’ydi. Ularning ishi dunyo adabiyotida keng muhokama etildi. Dunyoda ikki turli alternativ variant taklif etildi, tanqidiy munosabatlar ham bildirildi.
«Tinchlik-2» va «Tinchlik-3» matematik modellaridagi muhim kamchilik shundaki, ularda rivojlanish jarayonida insonlarning ongli ta’siri hisobga olinmagan.
Misarovich-Pestel’ning «Hayotini saqlab qolish strategiyasi» loyihasi.
Global modellashtirish bo’yicha navbatdagi bosqichi Misarovich (AQSH) va E.Pestel’ (FRG) rahbarligida «Hayotni saqlab qolish strategiyasi» loyihasi yaratildi. Bu loyiha mualliflari «Tinchlik-3» modelini mixanik model deb baholadilar va dunyoning kibernetik modelini yaratish masalasini ilgari surdi. Uning yaratilishida quyidagi 3 ta tezes asos qilib olindi:
1. Inson bilan atrof-muhitning murakkab o’zaro ta’sirini ask ettirishga muljallangan model ko’p pogonali hamda ierarxik to’zilishga ega bo’lishi zarur.
2. Modelda dunyo taraqqiyotiga insolnning ongli faoliyatni ta’sirini hisobga olishi va modelni boshqarish punkiti uning natijalariga qaror qabul qilish imkoniyati berilishi nazarda tutilgan. Buning uchun esa modelda tadqiqotchi va kompyuter o’rtasida muloqot rejimini amalga oshirilishi kerak.
3. Dunyoni yaxlit tizim sifatida emas, balki rivojlanish darajasi, aholisi kabi parametrlari bilan farq qiluvchi o’zaro boglangan mintaqalar tizimi sifatida qarash kerak.
Misarovich-Pestel’ning (Tinchlik-II) modelida dunyo barcha mamlakatlari o’zlarining ijtimoiy-iqtisodiy to’zilishi va rivojlanish darajalari bo’yicha 10 ta mintaqadaga birlashtirilgan. Har bir mintaqa o’zining mintaqaviy model osti sistemalari orqali tavsiflanadi. Ularning to’zilishi barcha mintaqalar uchun bir hil farqi esa boshlangich ma’lumotlar va parametrlarida.
Mintaqalarning o’zaro aloqasi aholi migaratsiyasi mahsulotlarini import va eksport orqali amalga oshiriladi. «Yashab qolish strategiyasi» loyihasida muhim o’rnini «Neft krizisi» inergetik modeli egallagan. Unda neft qazib olish va istemol qilishning mintaqalari o’rtasida taqsimoti tekshiriladi. Bu maxsus yaratilgan mustaqil model bo’lib, neft reserslarining asosiy qismi modellari bilan birga ularning tarkibidagi iqtisodiyot bilan dimografiyaning qism modellari ham kiritilgan. Misarovich-Pestel’ loyihasining qism modellari global sistemalari kurinishida bo’lib, ularda bir qator parametrlar aniqlanmagan. Bu parametrlar nabori uchun vaqtning qaralayotgan senariyni taxlash mumkin. Senariyni qaror qabul qiluvchi shaxs (tadqiqotchi) tasdiqlaydi.
Tadqiqotchi o’z nuqtai nazari bo’yicha turli senariylardan maqbulini tanlash imkoniyatiga ega. Shu tariqa tadqiqotchi bilan komputerning ketma-ket muloqoti Tinchlik-2 modelida quyidagilar amalga oshiriladi.
1. Tadqiqotchi senariyni boshqaradi.
2. Kompyuter harakatlantirish (rivojlantirish) proektoriyasini hisoblaydi.
3. Tadqiqotchi natijalarini baholaydi.
Agar olingan natijalar qoniqarli bulmasa, Yangi senariy tanlanadi. Kutilgan natijani olish tadqiqotchining mahoratiga, tajribasiga ham bogliq. Bu kamchilligiga qaramasdan Misarovich-Pestel’ guruhi a’zolari dunyo tadqiqotchilarini modellashtirishda Yangi qadamni boshlab berdi.

959 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений