linkedin facebook linkedin facebook nod32

Ba’zi ikki xonali natural sonlarni oson, qulay va tez ko’paytirish

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2016-05-09

Ba’zi ikki xonali natural sonlarni oson, qulay va tez ko’paytirish

Son matematikaning asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Son tushunchasi ham jamiyat taraqqiyotining yuksalishi bilan rivojlanib borgan. Odamlar predmetlarni sanash tufayli sonlarning natural to’plamini hosil qildi: N={1;2;3;…;n;…}. Son tushunchasini kengaytirishning ijodkorlaridan biri L.Kroneker natural sonlar to’plamining ahamiyatini quyidagicha baholagan edi: «Natural sonlarni xudo bergan, qolganlarini insonning aql-zakovati yaratgan». Bu fikrdan oddiy tushunchalarni yaratgan inson murakkab tushuncha va bog’lanishlarni ham yaratadi, degan xulosa chiqadi.
Natural sonlar to’plamida qo’shish va ko’paytirish amallari har doim bajariladi, ikki natural sonning yig’indisi va ko’paytmasi yana natural son bo’ladi. Agar ko’p xonali natural sonlar ustida qo’shish va ko’paytirish amallarini bajarsak, bu mashaqqatli va anchagina mehnat talab qiladi. Bunda natural sonlarning xossalaridan foydalanib, qo’shish va ko’paytirishning oson va qulay usullarini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bu borada ba’zi ikki xonali sonlarni oson, qulay va tez ko’paytirish usulini ko’rib chiqaylik.
Tasdiq. Ixtiyoriy (xy) va (xz) natural sonlar uchun, ushbu
[(xy) • (xz)] = (b kc)
tenglik o’rinli bo’ladi. Bu yerda xva x larning soni teng bo’lib, y,z>1 va y,z<9 bo`lgan da quyidagi tenglikni qanoatlantiradi   y+z=10 teng bo`lganda y•z=(kc), va x•(x+1)=b  bo’ladi.
Endi tasdiq isboti uchun matematik induksiya metodidan foydalanib xususiy holni qaraymiz:

x=9 va y=7, z=3 bunda 7+3=10 bunda 7*3=21, 9(9+1)=90  
97*93=90 21 bo’lar ekan.
Demak, berilgan tenglik raqamlari soni teng va oxirgi raqamlari yig`indisi 10 ga teng bo`lganda bir xil ixtiyoriy ikkita natural sonlar uchun o’rinli ekan. Tasdiq isbotlandi.
Xulosa o’rnida, yuqorida qaralgan tasdiqdan foydalanib, raqamlari soni teng va oxirgi raqamlari bir xil ba’zi ikkita natural sonlar ko’paytirish jadvalini tuzamiz:

15•15=225
25•25=625
35•35=1225
45•45=2025
55•55=3025
65•65=4225
75•75=5625
85•85=7225 95•95=9025

12•18=216
22•28=616
32•38=1216
42•48=2016
52•58=3016
62•68=4216
72•78=5616
82•88=7216
92•98=9016

13•17=221
23•27=621
33•37=1221
43•47=2021
53•57=3021
63•67=4221
73•77=5621
83•87=7221
93•97=9021

14•16=224
24•26=624
34•36=1224
44•46=2024
54•56=3024
64•66=4224
74•76=5624
84•86=7224
94•96=9024

 

Bunday ikki xonali son ko`paytirish 36 sonni tashkil etadi bizda esa 100 ta ikki xonali son mavjud bo`lib bularning 100-36=64 ta son bunday qoida orqali ko`paytirilmaydi.

619 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Dilfuza
Qo`shilgan sana: 2016-05-15

Rahmat yaxshi sayt yaratubsiz menga juda yoqdi

Foydalanuvchi ismi: llll
Qo`shilgan sana: 2016-05-19

llllllll

Foydalanuvchi ismi: odil
Qo`shilgan sana: 2016-05-19

zor gap yoq.

Foydalanuvchi ismi: Nurbek
Qo`shilgan sana: 2016-05-28

Faqat wunaqa 2 xonali sonlar u.nmi bu hisoblaw?

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений