linkedin facebook linkedin facebook nod32

Borland C++ Builder da tanlash operatori

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2016-04-05

Borland C++ Builder da tanlash operatori

Boshqarishni uzatish operatorlaridan yana biri tanlash operatoridir. Tanlash operatori asosan bir nechta qiymatdan, o'zgaruvchiga mos qiymatni tanlashda va qiymatlarga mos ravishda boshqarishni uzatishda ishlatiladi.
Tanlash operatorining umumiy ko'rinishi:
switch (<o'zgaruvchi>)
{
case <o'zgarmas ifoda1> : <operator 1>; break;
case <o'zgarmas ifoda2> : <operator 2>; break;
. . .
case <o'zgarmas ifodaN> : <operator N>; break;
[default : operator N + 1];
}
Tanlash operatorida boshqarilish o`zgaruvchiga mos ravishda qiymatlarga uzatiladi va mos operator ishga tushadi. default operatori birorta ham qiymat o`zgaruvchiga to`g`ri kelmasa ishlatiladi. default operatorini ishlatmasdan tashlab ketish ham mumkin.
Eslatma: Dasturlashga doir kitoblarni o`qiganingizda, biror operatorning umumiy ko'rinishining to'rtburchak qavs [ ] belgisi oralig'ida yozilgan qismini ishlatmasdan tashlab ketish mumkin. Operatorning bu qismidan foydalanish ixtiyoriy bo`ladi.
Misol: Kiritilgan songa mos ravishda hafta kunini chiqaruvchi programma tuzilsin.

Borland C++ Builder da dasturu:
void __fastcall TForm1::Button1Click(TObject *Sender)
{
int n;
n=StrToFloat(Edit1->Text);
switch (n)
{
case 1: Label3->Caption=("Dushanba"); break;
case 2: Label3->Caption=("Seshanba"); break;
case 3: Label3->Caption=("Chorshanba"); break;
case 4: Label3->Caption=("Payshanba"); break;
case 5: Label3->Caption=("Juma"); break;
case 6: Label3->Caption=("Shanba"); break;
case 7: Label3->Caption=("Yakshanba"); break;
default: Label3->Caption=("Bunday hafta kuni yo'q");
}
NATIJA:

Tanlash operatorida bir nechta qiymatga bir hil operator ishlatishi quyidagicha bo'ladi.

Borland C++ Builder da dasturu:
void __fastcall TForm1::Button1Click(TObject *Sender)
{
int n;
n=StrToFloat(Edit1->Text);
switch (n)
{
case 1:
case 3:
case 5:
case 7:
case 9: Label3->Caption=("Toq son kiritildi"); break;
case 2:
case 4:
case 6:
case 8:
case 10: Label3->Caption=("Juft son kiritildi"); break;
default: Label3->Caption=("1-10 oraliqdagi sonlarni kiriting!");
}
NATIJA:

1018 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений