linkedin facebook linkedin facebook nod32

Borland C++ Builder da shartli operator

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2016-03-15

Borland C++ Builder da shartli operator

Shundan dasturlar mavjudki ularning shartiga qarab ikki xil natija qabul qilishi mumkin. Bu o`z navbatida dasturni tarmoqlanishga olib keladi. Tarmoqlarning qaysi qismi bajarilishi ayrim shartlarga  qarab aniqlanadi.
Shart operatori: Shart operatori boshqarishni qaysi tarmoqqa uzatishni ta’minlaydi.
Shart operatorining ikki xil ko`rinishi mavjud. Operatorning umumiy ko`rinishi va qisqa ko`rinishi.
Shart operatorining  umumiy  ko`rinishi:

if (<shart>)<operator1>;
else <operator2>;

if agar, else aks holda ma`nolarini anglatadi.
Shart operatorining  qisqa ko`rinishi:

if (<shart>) <operator1>;
<shart> tekshirilishi lozim  bo`lgan  mantiqiy ifoda <operator 1> Agar  shart rost (true) qiymatga ega bo`lsa bajarilishi  lozim bo`lgan operator.
<operator 2> Agar shart yolg`on (false) qiymatga ega  bo`lsa bajarilishi lozim
bo`lgan operator.

Shart operatori tarkibida ixtiyoriy operatordan foydalanish mumkin. Shu o`rinda
Shart operatoridan ham.
Misol: Berilgan  a sonini  juft yoki toqligini  aniqlovchi  dastur tuzilsin.
Agar a sonini 2 ga bo'lganda qoldiq 0 ga teng bo'lsa, bu son juft, aks xolda toq.

 

Borland C++ Builder tili оpеratоrlarni blоk ko’ rinishida bo’ lishiga imkоn bеradi. Blоk ‘{‘ va ‘}’ bеlgi оralig'iga оlingan оpеratоrlar kеtma-kеtligi bo’ lib, u kоmpilyatоr tоmоnidan yaхlit bir оpеratоr dеb qabul qilinadi. Blоk ichida yangi o'zgaruvchilarni ham e'lon qilish mumkin. Bu o’zgaruvchilar faqat blоk ichida ko’rinadi, undan tashqarida ko’rinmaydi, ya'ni blokdan tashqarida bu o'zgaruvchilarni ishlatib bo'lmaydi. Blоkdan kеyin nuqtali vеrgul qo’yilmaydi, lеkin blоk ichida har bir оpеratоr nuqtali vеrgul bilan yakunlanishi  shart.
Shart operatorida bir nechta operatordan foydalanish uchun bu operatorlarni blok ichiga yozish lozim bo'ladi. Yuqoridagi masalani blok orqali ifodalash quyidagicha bo'ladi.

Misol 1: Berilgan  a sonini  juft yoki toqligini  aniqlovchi  dastur tuzilsin.

Borland C++ Builder da dasturu:
void __fastcall TForm1::Button1Click(TObject *Sender)
{
int a;
a=StrToFloat(Edit1->Text);
if (a%2==0) Label1->Caption=("bu son juft!");
else Label1->Caption=("bu son toq!");
}
NATIJA:

 

Dasturlashning  yaxshi usuli: Shart operatorida doimiy ravishda bloklardan  foydalanish  yo'l qo'yilishi  mumkin bo'lgan xatoliklarni oldini  oladi. Ba'zi dasturchilar  oldin ochuvchi va yopuvchi qavslarni  {, } yozish, undan keyin  blok ichidagi  operatorlarni yozish lozimligini takidlashadi.
? : shart amali
Agar tеkshirilayotgan shart nisbatan sоdda bo’ lsa, shart amalini «?:  » ko’ rinishini
ishlatish mumkin. Bu operator quyidagi ko’rinishga ega:
<shart ifоda> ? <ifоda1> : <ifоda2>;
if shart оpеratоriga o’ хshash hоlda bu shart amali  quyidagicha  ishlaydi:  agar <shart ifоda> rоst (true)  bo’lsa <ifоda1> bajariladi, aks hоlda <ifоda2>. Оdatda ifоdalar qiymatlari birоrta o’zgaruvchiga o’zlashtiriladi.

Misol 2:  2 ta sondan kattasini  topuvchi dastur tuzilsin.

Borland C++ Builder da dasturu:
void __fastcall TForm1::Button1Click(TObject *Sender)
{
int a,b,c;
a=StrToFloat(Edit1->Text);
b=StrToFloat(Edit2->Text);
c=(a>b)?a:b;
Edit3->Text=FloatToStr(c);
}
NATIJA:

Agar a>b shart bajarilsa  max o'zgaruvchisi a ni, aks xolda b ni o'zlashtiradi.
Tanlash operatorida bir nechta qiymatga bir hil operator ishlatishi  quyidagicha bo'ladi.

Borland C++ Builder da dasturu:
void __fastcall TForm1::Button1Click(TObject *Sender)
{
int a;
a=StrToFloat(Edit1->Text);
switch(a);
{
case1:
case3:
case5:
case7:
case9:
Label2->Caption=("Kiritilgan son toq");
case2:
case4:
case6:
case8:
case10:
Label2->Caption=("Kiritilgan son juft");
default : Label2->Caption=(1 dan kichik yoki 10 dan katta son kiritilgan!);
}
}
NATIJA:

1015 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений