linkedin facebook linkedin facebook nod32

Tizimli taxlilning metodologiyasi

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-03-15

Tizimli taxlilning metodologiyasi


Tizimli taxlilning xarakterli qirralari «Tizimli taxlil » deb ataluvchi fan fanlararo bog'likliqni tadqiq qilish zarurati bo'lganligi tufayli paydo bo'ldi. Murakkab texnik tizimlarni yaratish, yirik xo'jalik komplekslarini loyxalash va ularni boshqarish , ekalogik xolatlarni taxlil qilish va boshqa muxandistlik, ilmiy va xo'jalik faoliyatlari tadkikotlar tashkillashtrishni talab qiladi, bu noan’aviy va fanlararo xususiyatga ega.
Tizimli taxlil Elektron xisoblash mashinalari (EXM) asriga kelib paydo bo'ldi uning rivojlanishi EXMlarning zamonaviy imkoniyatlari va kelgusi taraqqiyoti bilan aniqlanadi.
Tizimli taxlil – Bu turli fizik tabiatga ega murakkab ma’lumotlarni qachonki tanlash imkoniyati paydo bo'lgan xolda qaror qabul qilish muammolari bilan shug'ullanuvchi fan.
Shuning uchun tizimli taxlil qaror qabul qilish muammolari bilan shug'ullanuvchi – jarayonlar taxlil qilish va boshqarishning umumiy nazariyasi fanlariga tayanadi. Jarayonlar tadqiqotini
Uchta asosiy bosqichga ajratish mumkin
a) Modellar tuzish- matematik tildan ifodalash jarayonning maqsadini shakllantirish orqali optimallashtirish masalasi xam shakllantiriladi.
v) Xosil qilingan optimallash masalasini yechish. Murakkab tizimlarni o'rganayotganda maqsad noaniq bo'lish muammosi turganda turli talablarni moslashtirish qiyin kechadi.
Agar maqsadni aniq qo'yish imkoni bo'lmasa bu xolda tizimli taxlil yordamga keladi.

Tizimli taxlilning asosiy etaplari Rasm 1,1

Tizimli yondashuvda quyidagi sxema orqali ifodalash mumkin bo'lgan quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin. (rasm.1.1)
Aytilgan bosqichlarga qiskacha to'xtalamiz.

Masalaning quyilishi uning murakkablik darajasi bo'yicha chegaralanishi. Murakkab tizimlarni tadqiq etilayotganda u yetarlicha sodda va aniq matematik tavsifga ega bo'lishi uchun masalani soddalashtirish talab etiladi. Butun jarayonning muvaffaqiyati yoki muvaffaqqiyatsizligi masalani soddalashtirishlar va murakkablashtirishlarni moslashtirishga bog'lik. Xech bir soxta loyixa oxir-oqibatda amalga oshmay qolishga sabab, tanlangan qiyinlik darajasi keyingi modellashtirishni murakkablashtirish va yechimni olib bo`lmasligi.

Maqsad va vazifalarning ketma-ketligini o'rnatish.

Tizimli taxlilning navbatdagi bosqichida tadqiqotning maqsad va vazifalari o'rnatiladi. Odatda bu maqsad va vazifalar qandaydir ketma-ketlikni tashkil etadi. Bunda asosiy masala bir qancha ikkinchi darajali masalalarga ajratiladi. Tizimli taxlilda ilmiy ma’lumot olish nuqtaiy nazaridan muxim bo'lsada qaraliyotgan murakkab tizimni yechishga ta’siri kam bo'lgan maqsad va vazifalariga etibor qamrok qaratiladi. Tizimli taxlilni muvaffakiyatli qo'llash uchun turli masallarning muximlik darajasini aniq ajratib olish katta axamiyatga ega tadkikotlar ko'pincha maqsadni aniq bo'lmagan holda ifodalash bilan boshlanadi va tizimli taxlil jarayonini noaniqliklar bartaraf etiladi.

Moddellashtirish. Masalani qo'yish bosqichida muammoning talab etilgan tavsifi xosil qilinadi. Modellashtirish bosqichida sifatiy ifodalashlar miqdoriy boskichga o'tadi. Tizimli taxlilda modellashtirishning asosiy maqsadi qaror qabul qiluvchi shaxsga va tizim tadqiqotchisiga yordam ko'rsatish uchun tizimning turli elementlari o'rtasidagi o'zaro bog'lanishning aniq ifodalash

Imitatsion tizim

Jarayonlarni tekshirish nazariyasining va boshqarish maqsad vazifalari berilgan deb xisoblaymiz ya’ni murakkab masalalarda olingan tadqiqot obe’ktni maqsadidan kelib chiqadi. Bu muammoni tadqiqotlarsiz hal qilib bo'lmaydi. Biroq taqiqotlarning faqat o'zi xam barcha ma’lumotlarni taxlil qilishga imkoni yetmaydi. Matematika bilan tadqiqotning maqsadi-«Mashina matematikasi» ning eng muxim masalasidir. Bunday o'zaro munosabatlarni taminlash uchun ko'p marta model bilan mashina tadqiqotini tashkil eta olish talab etiladi. O`rganilayotgan jarayonning kechishini imitatsiyalaydigan maxsus yordamchi dasturlar va ma’lumotlar ba’zalari bilan birlashtirilgan variantli xisoblashlarni tezkor amalga oshirishga imkon beruvchi modellar majmuasiga imitatsiyali tizim deyiladi. Imitatsion tizimlardan foydalanishga 3-avlod EXM larning paydo bo'lishi yanada takomillashgan operatsion sistemaga va pereferiya qurilmalarga keng imkoniyat yaratilib keldi. Bu mashinalar yanada qatiy taxlil metodlarini va everistik usullarini birlashtirishga imkon berdi.

Imkoniyatli strategiyalarning taxlili.

Imitatsion tizimlarni yaratilgandan keyin imkoniyatli strategiyalarni baxolash bosqichi boshlanadi. Buning natijasida modelni ko'rishda qilingan chetlanishlarga natijalarning sezgirligi tekshiriladi. Agar asosiy chetlanishlar notugri bo'lsa, modellashtirish boskichiga qaytish zarur. Ko'p xollarda boshlang'ich variantni sezilarsiz o'zgartirib modelni yaxshilashga erishiladi. Echimni tizimli taxlil etish navbatdagi barcha sonli qiymatlarni birlashtirish va ko'rsatkichlar uchun mos keluvchi tadbirlarni aniqlashdan iborat.

Natijada barcha ko'rsatkichlar yagona funksiyaga keltiriladi buning natijasida yechimning eng kerakli varianti ajratib olinadi.

7924 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений