linkedin facebook linkedin facebook nod32

C++ da ko'rsatkichlar bilan ishlash

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2016-01-26

C++ da ko'rsatkichlar bilan  ishlash

Video darslik 

Ko'rsatkich. O'zining qiymati sifatida xotira manziliini ko'rsatuvchi (saqlovchi) o'zgaruvchilarga  - ko'rsatkich o'zgaruvchilar  deyiladi.
Masalan : Ko'rsatkichning qiymati
1) 0x22ff40
2) 0x22ff33

3) va xakazo kabi xotiraning  aniq qismi bo'lishi mumkin.
Boshqa o'zgaruvchilar kabi, ko'rsatkichlardan foydalanish uchun ularni e'lon qilish, toifasini aniqlash shart.
int *countPtr, count;
bu yerda countPtr -  int toifasidagi ob'ektga ko'rsatkich, count esa oddiy butun (int) toifasidagi o'zgaruvchi. Ko'rsatkichlarni e'lon qilishda har bir o'zgaruvchi oldigan * qo'yilishi shart.

Misol 1: Ko'rsatkich ko'rsatayotgan manzili qiymatini dasturi

#include <iostream.h>
int main()
{
int n = 5;
int * nPtr;
// & manzilini olish amali
nPtr = &n;
cout << "n=" << n << endl;
*nPtr = 15;
cout << "n=" << n << endl;
cout << "\nKo'rsatkich qiymati,\n";
cout << "ya'ni ko'rsatkich ko'rsatayotgan manzili=" << nPtr<<endl;
cout << "Ko'rsatkich ko'rsatayotgan manzili qiymati="
<<*nPtr<<endl;
system ("pause");
return 0;
}

Misol 2: Ko'rsatkich - joylashgan manzili dasturi

#include <iostream.h>
int main()
{
double n = 5;
double *kPtr;
kPtr = &n;
cout << "o'zgaruvchilar qiymati" << endl;
cout << "n=" << n << endl;
cout << "*kPtr=" << *kPtr << endl;
cout << "\nxotira manzilii" << endl;
cout << "n - o'zgaruvchisi joylashgan manzili. &n=" << &n << endl;
cout << "Ko'rsatkich ko'rsatayotgan manzili. kPtr=" << kPtr <<
endl;
cout << "Ko'rsatkich - joylashgan manzili.  &kPtr=" << &kPtr <<
endl;
cout << "\n o'zgaruvchilarni xotirada egallagan xajmi" <<
endl;
cout << "n=" << sizeof(n) << endl;
cout << "*kPtr=" << sizeof(kPtr) << endl;
system ("pause");
return 0;
}

Ekranda quyidagicha  natija chiqariladi:
Murоjaatlar
Murоjaatlar e’lоnda ko’rsatilgan nоmning sinоnimi sifatida ishlatiladi, yani bitta o’zgaruvchiga хar хil nоm bilan murоjaat qilish mumkin. Murоjaatni dоimiy qiymatga ega bo’lgan ko’rsatkich dеb qarash mumkin bo’ladi. Murоjaat quyidagicha e’lоn qilinadi:
<toifa> & <nоm>;
Bu yеrda <toifa> – murоjaat ko’rsatuvchi qiymatning toifasi, ‘&’ bеlgisi, undan kеyin yozilgan <nоm>- murоjaat toifasidagi nоm ekanligini bildiruvchi оpеratоr.
Bоshqacha aytganda ‘&’ bеlgisiga adrеsni оlish amali  dеyiladi.
Namuna:
int k;
int & p = k;
//  p murоjaati -  k o’zgaruvchisining altеrnativ nоmi

962 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений