linkedin facebook linkedin facebook nod32

C++ da while takrorlanish operatori

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2016-01-26

C++ da while takrorlanish operatori

Video darslik 

do - while operatorida takrorlanishning  tanasi kamida  bir marta  takrorlanadi.  Shu bir marta hisoblash ham yechilayotgan  masalani  mohiyatini  buzib yuborishi mumkin.  Bunday hollarda while takrorlanish operatoridan foydalangan maqsadga muvofiq.
while operatorining umumiy ko'rinishi:

while ( shart ) {
takrorlanish_tanasi;
}

takrorlanish_tanasi ixtiyoriy operator yoki operatorlar majmuidan  iborat bo'lishi mumkin.
while  takrorlanish operatorning ishlash tartibi:
Agar (shart) rost ( true ) qiymatga  ega bo`lsa, takrorlanish_tanasi bajariladi. Agar (shart) yolg`on (false) qiymatga teng bo`lsa takrorlanish tugatiladi.
Agar ( shart ) true qiymatga  ega bo`lmasa takrorlanish  tanasi biror marta ham bajarilmaydi.
while takrorlanish operatoridan, qachon (shart) false (yolg'on) qiymat qabul qilsa chiqiladi.
Ya'ni boshqarilish while operatoridan keyingi operatorga uzatiladi. Agar (shart) false qiymat qabul qilmasa, while takrorlanish operatoridan chiqib ketilmaydi va bu jarayon takrorlanishlanib  qolish deyiladi.
Dasturlash san'ati. do  -  while va while takrorlanish operatorlarida takrorlanish tanasi sifatida faqat bitta operator ishlatiladiga bo'lsa, bu operatorni blok orasiga { } olmasdan ham yozish mumkin. Lekin professional dasturchilar har qanay xolda takrorlanish tanasini blokka { } olib yozishni tavsiya qilishadi. Bu esa sodir bo'lishi mumkin bo'lgan mantiqiy xatoliklarni  oldini oladi.

Misol 1: 1 dan 10 gacha bo'lgan sonlarni  chiqaruvchi  dastur tuzilsin.

#include <iostream.h>
int main()
{
int i = 1;
while ( i <= 10 )
{
cout << i << endl;
i++;
}
system ("pause");
return 0;
}

Misol 2: 1+1/2+1/3+…+1/50 yig`indini  hisoblovchi dastur tuzilsin.

#include <iostream.h>
int main()
{
float i = 1; // sanagich
float s = 0; // yig'indi
while ( i <= 50 ) {
s += 1 / i;
i++;
}
cout << s << endl;
system ("pause");
return 0;
}

Misol 3: Kompyuter o'ylagan sonni topish dasturi

#include <iostream.h>
#include <ctime>
int main()
{
int x, y = 0, u = 0;
srand(time(NULL));
x = rand() % 1000 + 1;
cout << "Kompyuter o'ylagan sonni toping" << endl;
while (x != y)
{
cin >> y;
u++;
if (x > y) cout << "Kompyuter o'ylagan son katta" << endl;
else if (x < y) cout << "Kompyuter o'ylagan son kichik" << endl;
}
cout << "Qoyil topdingiz!!!" << endl;
cout << "Urinishlar soni=" << u << endl;
system ("pause");
return 0;
}

1019 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений