linkedin facebook linkedin facebook nod32

C++ da for takrorlanish operatori

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2016-01-26

C++ da for takrorlanish operatori

Video darslik 

Bir hil hisoblash jarayonlarini bir necha bor takrorlanish jarayonga takrorlanish (takrorlanish) deyiladi. C++ dasturlashtirish  tilida takrorlanish operatorining uch xil turi mavjud.

1. for takrorlanish operatori
2. do .. while takrorlanish  operatori
3. while takrorlanish operatori

Yechilayotgan  masalaga qarab, dasturchi o`zi uchun qulay bo`lgan takrorlanish operatoridan foydalanishi  mumkin.
for takrоrlash оpеratоrining sintaksisi quyidagicha:
for (<ifоda1>; <ifоda2>; <ifоda3>)
<оpеratоr yoki blоk>;
Bu оpеratоr amal qilishni <ifоda1> bajarishdan bоshlaydi. Kеyin takrоrlash qadamlari bоshlanadi. Har bir qadamda <ifоda2> bajariladi, agar natija 0 dan farqli yoki rоst (true) bo’ lsa, takrorlanish tanasi - <оpеratоr yoki blоk> bajariladi va охirida <ifоda3> bajariladi, aks hоlda bоshqaruv takrоrlash оpеratоridan kеyingi оpеratоrga o’ tiladi. Takrorlanish tanasi – <оpеratоr yoki blоk> sifatida bitta оpеratоr, shu jumladan bo’sh оpеratоr, yoki оpеratоrlar blоki kеlishi mumkin.
Takrorlanish takrorlanishi davomida bajarilishi lozim bo'lgan operatorlar majmuasi takrorlanish tanasi deyiladi. Takrorlanish tanasi sifatida bir yoki bir nechta operatordan foydalanish mumkin.
Agar takrorlanish tanasida bir nechta operatordan foydalanmoqchi bo`lsak bu operatorlarni blok { } orasiga olishimiz  kerak.

Misol 1: 1 dan 10 gacha bo'lgan sonlarni  chiqaruvchi  dastur:

#include<iostream.h>
int main()
{
int i; 
for ( i= 1; i <= 10; i++)
cout << i << " ";
cout << endl;
system ("pause");
return 0;
}

Ekranda quyidagicha natija  xosil bo'ladi: Quyida for takrorlanish operatori batafsil berilgan.
for  takrorlanish operatorini umumiy  ko'rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:
for (o'zgaruvchisining_boshlang'ich_qiymati; takrorlanish_sharti;
o'zgaruvchisini_oshirish)
takrorlanish _tanas i;
o'zgaruvchisini_oshirish  o'rnida kamaytirish  ham bo'lishi mumkin.
Agar takrorlanish  tanasida bir nechta operatordan foydalanmoqchi  bo`lsa unda operatorlarniblok { } (begin va end) orasiga olishimiz  kerak.

Misol 2: 10 dan 1 gacha bo'lgan sonlarni  chiqaruvchi  dastur:
#include<iostream.h>
int main()
{
int i; 
for (int i = 10; i >= 1; i--)
cout << i << " ";
cout << endl;
system ("pause");
return 0;
}

break –  funksiyasini har qanday takrorlanish operatoriga qo`llash mumkin. Bu funksiya takrorlanish tugatilishini ta’ minlaydi. Ya`ni boshqarilishni takrorlanish operatoridan keyingi operatorga uzatadi.
continue –  funksiyasini har qanday takrorlanish operatoriga qo`llash mumkin. Bu funksiya takrorlanish parametrining keyingi qiymatni qabul qilishini taminlaydi. Boshqacha so`z bilan aytganda takrorlanish tanasi tugatiladi. Bunda takrorlanishning o`zi tugatilmaydi.

Misol 3:  n natural soni berilgan. Birdan n gacha bo`lgan sonlar yig`indisini hisoblovchi dastur tuzilsin
#include<iostream.h>
int main()
{
int n,s = 0;
cout << "n="; cin >> n;
for (int i = 1; i <= n; i++)
s=s+i;
cout << s << endl;
system ("pause");
return 0;
}

for takrorlanish operatorining boshqa imkoniyatlari for takrorlanish operatorida qavs ichidagi ifodalar bo'lmasligi mumkin, lekin ";" bo'lishi shart.
Eng sodda doimiy takrorlanuvchi  takrorlanish operatori quyidagicha:
for ( ; ; )
cout << "doimiy takrorlanish";
Agar takrorlash jarayonida bir nechta o'zgaruvchi bir vaqtda sinxron o'zgarishi lozim bo'lsa, ularni <ifoda1> va <ifoda3> da zarur bo'lgan o'rinda vergul bilan ajratib yozish mumkin.

#include<iostream.h>
int main()
{
int n;
cout<<"n=";
cin >> n;
for (int i = 1, j = 1; i <= n; i++, j += i)
cout << i << " " << j << endl;
system ("pause");
return 0;
}

552 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений