linkedin facebook linkedin facebook nod32

C++ da ma`lumotlarning mantiqiy toifalari

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2016-01-20

C++ da ma`lumotlarning mantiqiy toifalari

Video darslik 

Mantiqiy toifa bool ikki  hil  qiymat  qabul qilishi  mumkin:  true (rost, 1) va false (yolg`on, 0). Mantiqiy  ma`lumotlarni  e`lon qilish uchun bool xizmatchi so'zidan foydalaniladi.
bool a, b;
Mantiqiy toifadagi o`zgaruvchilarga  qiymat berish quyidagicha amalga oshiriladi:
a = true; // rost
b = 0; // yolg'on, false
Mantiqiy amallar:
! (inkor qilish) - mantiqiy operatori mantiqiy ifodalar yoki o`zgaruvchilar oldidan qo`yiladi. Mantiqiy ifoda yoki o`zgaruvchining qiymatini teskarisiga o`zgartiradi.
&& (Mantiqiy ko`paytirish) - mantiqiy operatori ikkita mantiqiy o`zgaruvchini birlashtiradi. Agar ikkala o`zgaruvchi ham rost qiymatga ega bo`lsa   natija rost, aks holda yolg`on natija  beradi.
|| (mantiqiy qo`shish) -  mantiqiy operatori ikkita mantiqiy o`zgaruvchini birlashtiradi.
Agar o`zgaruvchilardan kamida bittasi rost qiymatga ega bo`lsa natija rost, aks holda yolg`on  natija  beradi.
! - mantiqiy  inkor operatori jadvali
X !X
false true
true false

&&, || manqiqiy  operatorlai jadvali
X Y X && Y X || Y
false false false false
false true false true
true false false true
true true true true
Mantiqiy  amallarga misollar
a = true;      b=false;
c  = !a; { c = false }
c = a && b; { c = false }
c = a ||  b; { c = true }
Munosabat amallari
== - teng <= - kichik  yoki teng
!= - teng emas >= - katta yoki teng
<  - kichik > - katta
Munosabat amallariga misollar
c = 5 < 0;                    // c=false
c = ( 4 % 2 == 0 ); // c=true
c = ( k > 0 ) && ( k < 7 ); // c=true, agar 0<k<7
bo`lsa
1. A = true, B = false, C = true, D = false bo`lsa, quyidagi  mantiqiy  ifoda natijasini aniqlang.
!((A  && B) ||  (C && D)) ||  (A  ||  B)

#include<iostream.h>
int main()
{
int a=true,b=0,c=true,d=0;
c=!((a&&b)||(c&&d))||(a||b);
cout<<"mantiqiy ifodaning natijasi -> "<<c;
system ("pause");
return 0;
}

2. А = true, В = false, С = true, D = false bo`lsa, quyidagi  mantiqiy  ifoda natijasini aniqlang.
((A  && B) ||  (C && D)) && (A  ||  B)

#include<iostream.h>
int main()
{
int a=true,b=0,c=true,d=0;
c=((a&&b)||(c&&d))&&(a||b);
cout<<"mantiqiy ifodaning natijasi -> "<<c;
system ("pause");
return 0;
}

3. А = true, В = false, С = true, D = false bo`lsa, quyidagi  mantiqiy  ifoda natijasini
aniqlang. !(A  ||  B) && (C ||  D)

#include<iostream.h>
int main()
{
int a=true,b=0,c=true,d=0;
c=!(a||b)&&(c||d);
cout<<"mantiqiy ifodaning natijasi -> "<<c;
system ("pause");
return 0;
}

432 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений