linkedin facebook linkedin facebook nod32

Orr-Zomerfeld tenglamalarni echish uchun amaliy dasturlar paketi

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2016-01-13

Orr-Zomerfeld tenglamalarni echish uchun amaliy dasturlar paketi

Tekis parallel bir fazali oqimlar uchun gidrodinamik turg`unlik masalasi Orr-Zomerfelda tenglamasiga olib keladi.

(1)

Chegaraviy shartlar

(2)

ko`rinishda bo`ladi.

Tenglama (1) da -masalaning xos qiymati, -fazoviy tezlik, -o`sish koeffisenti, -differensial operator, y-asosiy oqimga ko`ndalang koordinata, k-to`lqin soni, -Reynolds soni, -zichlik, -asosiy oqimning maksimal tezligi, L-tekis kanalning yarim uzinligi, -kinematik yopishqoqlik, U(y)-asosiy oqimning tezlik profile, -chetlanishlar uchun tok funksiyasi.

Tenglama (1) da yuqori tartibli kRe-parametri bo`lganligi sababli uning aniq echimga yaqin bo`lgan echimni olish ancha murakkab.

Differensial masala (1)-(2) ni echish uchun spectral-to`r metodini qo`llaymiz. Masala (1)-(2) ga kirgan -

o`zgarmasni toppish talab qilinadi. Shart (2)-bu qattiq devordan urinmaslik va yopishqoqlik sharti. Spektral-to`r usuli yordamida differensial tenglama uchun xos qiymat masalasi algebraic masalaga keltiriladi.

(3)

Bu yerda A va B kompleks matrisalar bo`lib bunda B-xos matrisa va unda 4N-ta nolga teng satr mavjud, N-esa to`rning elementlar soni. Tenglama (3) ni A va B matrisalar ustida elementlar almashtirishlar o`tkazib quyidagini hosil qilamiz.

(4)

Bu yerda Q-mos xosmas almashtirish matrisasi. Bu almashtirishdan keyin AQ va BQ matrisalarning 4N-ta tenglamalari avtonom bo`lib qoladi, chunki ularga mos xos qiymat kompanentalari nolga teng bo`ladi. Bu xolda AQ va BQ matrisalardan 4N-satr va ustunlarni o`cherish mumkin. Qolgan tenglamalardan.

(5)

Algebraic tizim olinadi bu yerda W-umumiy xolda xosmas matrisa. Tenglama (5) ni chapdan W-1-ga ko`paytirib

(6)

xosil qilamiz.
Sistema (6) ni xos qiymatlari standart usullar bilan topiladi. Masala (1)-(2) ni spectral-to`r usuli bilan yechish algoritmining amalay dasturlar paketi strukturasini keltiramiz.

Asosiy dastur dasturning boshqa taqribiy qismlarni bog`laydi, kiritiladigan parametrlar kRe-lar, chiqariladigan parametrlar xos qiymatlar. Kiritilayotgan oqim -da turg`un, -da turg`unmas, -da oqim neytral turg`un bo`ladi. EIGCC-qism dastur QR algoritm yordamida sistema (6) ning xos qiymatlarini aniqlaydi. Qism dastur Fф1-Fokner-Sken tenglamasini 3-ta oddiy differensial tenglamalar sistemasiga olib keladi. Asosiy oqim tezlik profilini Fokner-Sken tenglamasiyechishning birinchi xosilali ko`rinishida aniqlanadi. Qism dastur DE14- R uchta oddiy differensial tenglamalar sistemasini 4-tartibli aniqlikka ega bo`lgan Runge-Kutta usuli bilan teng oraliqlarda yechadi. Qism dastur PARIN-U(y)-ning teng oraliqdagi qiymatini Chebiyshev ko`phadlari tuguniga o`tkazadi. Qism dastur COIF-U(y)-funksiyaning Chebiyshev ko`phadiga yoyilmasining koeffisentlarini aniqlaydi.Qism dastur FUNC Chebiyshev ko`phadlari tugunlarini o`sish tartibiga joylashtiradi. Qism dastur MATRI1, MATRI2, MATRI3 Chebiyshev ko`phadlari bilan approksimasiyalashda paydo bo`ladigan maxsus yig`indini xisoblashga mo`ljallangan. Qism dastur SOK- R va Q xosmas almashtirishni amalga oshiradi. Qism dastur MOD-kompleks sonning modulini xisoblaydi. Qism dastur INVED-W-1 teskari matrisani xisoblaydi, so`ngra (6) sistema echiladi va (1)-(2) masalaning xos qiymati aniqlanadi.

487 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: qdf
Qo`shilgan sana: 2016-02-09

paket dasturi nimada

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений