linkedin facebook linkedin facebook nod32

Elektron darsliklardan foydalanish dars sifatini oshirishning asosiy mezoni

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2016-01-07

Elektron darsliklardan foydalanish dars sifatini oshirishning asosiy mezoni

Rivojlangan mamlakatlar qatorida O`zbekiston Respublikasida xam zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari soxasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Fan va ta’limning barcha soxalariga infokommunikatsion texnologiyalarni keng miqyosda qo`llash, yuqori malakali dasturchi mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish, xalqoro axborot tizimlarini joriy etish, shu jumladan Internetdan  kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 ta farmon va qarorlari, 18 ta hukumat qarorlari va 45 dan ortiq boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga yunaltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va qarorlarini keltiramiz: 1997 yil 27 iyulda Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-1823-sonli farmoni, 2002-yil 30-maydaKompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” gi  PF – 3080 sonli farmoni, 2005 yil 2 iyunda “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-91-sonli qarori, 2005 yil 8 iyulda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-117-sonli qarori, 2005 yil 28 sentyabrda “O‘zbekiston respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-191-sonli qarori, 2007 yil 3 aprelda “O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-614-sonli qarori, 2012 yil 21 martda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1730-sonli qarori, 2013 yil 20 sentyabrda “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2042-sonli qarori, 2013 yil 25 sentyabda Milliy geografik axborot tizimini tashkil etish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-2045-sonli qarorilari bu boradagi ishlarni yanada rivojlantirish imkonini berdi.
Ta’lim tizimida barcha fundamental bilimlar asosan an’anaviy bosma shaklda tayyorlangan o‘quv adabiyotlar, ovozli variantlar va video ishlanmalar orqali olinadi. Elektron darslik esa bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, yangi qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldirib borishga mo‘ljallangan bo‘lib, ixtiyoriy fanlar bo‘yicha yaratiladi.

Elektron darslik – bu davlat ta’lim standarti asosida mutaxassislik va yo‘nalishlar bo‘yicha fanlarning alohida bo‘limlariga oid nashrlar, namunaviy va ishchi o`quv dasturi, shuningdek, mashqlar va masalalar to‘plami bo`yicha video ishlanmalar, turli sxemalar, atlaslar, tajriba  ishlar yuzasidan ko‘rsatmalar, testlar va boshqa ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.
Rasmiy asnoda olib boriladigan Elektron darslik bo‘yicha barcha materiallar birinchi navbatda mavjud standartlarga mos bo‘lishi lozim. Elektron darslik mazmuni esa u taqdim etiladigan dasturiy muhitga nisbatan neytral  bo‘lib, materialni joylashtirish, bayon qilish, muayyan konsepsiyalarga tayanish o‘quv adabiyotining muallifi ixtiyorida bo‘ladi.
Termiz davlar universitetida “Php dasturlash tili” fani bo‘yicha bakalavriyat tizimida taxsil olayotgan talabalarni elektron darslik yordamida o‘qitish tizimi amalga oshirilmoqda. Elektron darslik mos tizim bo‘yicha strukturaviy va tashkiliy-me’yoriy ishlanmalar haqida bayon qilinadi. Php va MySql da sayt yaratishga bag`ishlangan elektron darslik o`z ichiga 3 ta qismdan tashkil topgan.
Birinchiqism. Php da nazariya bo`limi 9 ta mavzudan iborat bo`lib har bir mavzu uchun mavzuning ovoz varianti mavjud va amaliy ishlar video aniq ko`rsatilgan.
Phpnazariyamavzular
1. PHP dаsturlаsh tili. 
2. PHP da GET va POSTo`zgaruvchilar.
3. Phpd
а mа’lumоtlаr tiplаri.
4. Php da arifmetik
оperаtоrlаr.
5. PHP da t
аnlаsh оperаtоrlаri.
6. T
аnlаsh оperаtоrlаri switch.
7. While sikl
оperаtоri.
8.
Takrorlanuvchi for оperаtоri.
9. PHP da mаssivlаr
.

 Vedio darsga o`tish belgisi.
 Mavzu bo`yicha ovoz kiritilgan.

Amaliy ishlar har bir mavzu uchun video ishlanma aniq ko`rsatilgan.

 Mavzuga qaytish tugmasi.
 Vedio ni ekranda kattalashtirish va kichiklashtirish belgisi.

Ikkinchi qism. Php va MySql nazariya bo`limi 9 ta mavzudan iborat bo`lib har bir mavzu uchun mavzuning ovoz varianti mavjud va amaliy ishlar video aniq ko`rsatilgan.
1. Mysql da baza bilan ishlash.
2. Mysql da bazaga ma’lumotlarni qo`shish.
3. Update bazada ma’lumotni yangilash.
4. Delete malumotni bazadan o`cherish.
5. Date va include ichki joylashgan funksiyalar.
6. PHP dа funktsiyalаr.
7. O‘zgаruvchilаrning ko‘rinish sohasi.
8. Php da rekursiya tushunchаsi.
9. Php da fаyllаr bilаn ishlаsh.
Amaliy ishlar har bir mavzu uchun video ishlanma aniq ko`rsatilgan.

Uchinchi qism. Sayt yaratish bo`limi 9 ta mavzudan iborat bo`lib har bir mavzu uchun mavzuning ovoz varianti mavjud va amaliy ishlar video aniq ko`rsatilgan.
1. Index.php faylini yaratish usuli.
2. Vedio_kurs.phpfaylini yaratish usuli.
3. Muallif.php faylini yaratish usuli.
4. Bo`glanish.php faylini yaratish usuli.
5. Chap tomonli menyu hosil qilish.
6. Cat_qarang.php faylini yaratish usuli.
7. Matnga_qarang.php faylini yaratish usuli.
8. Izlashga_qarang.php faylini yaratish usuli.
9. Arxiv.php faylini yaratish usuli.
Amaliy ishlar har bir mavzu uchun video ishlanma aniq ko`rsatilgan.

Bundan tashqari php dasturlash tili uchun dasturlar va yaratilgan saytni webserver orqali internetga ishga tushirish keltirib o`tilgan. Elektron darslik yordamida tajriba sifatida www.sbam.uz  Surxondaryo viloyati barkamol avlod bolalar markazi sayti, www.termiztibbiyotkolleji.uz  Termiz tibbiyot kolleji sayti va www.Stt5m.uz Termiz tumani 5-umumiy o`rta ta’lim maktabi sayti tayyorlangan.

779 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: zuhra
Qo`shilgan sana: 2016-01-09

Raxmat

Foydalanuvchi ismi: shoydullo@tami.uz admin
Qo`shilgan sana: 2016-02-06

yaqinda adminbo`limini yaratdim 11 ta video dars endi siz saytga admin bo`limo orqali ma`lumot kiritish, tahrirlash va o`chirishingiz mumkin

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений