linkedin facebook linkedin facebook nod32

URL tuzilishi

Muallif: Zaripova M.J.

Qo`shilgan sana: 2014-03-04

URL tuzilishi

    • URL ning birinchi qismi kerakli xujjatni chaqirish uchun qaysi protokoldan foydalanishini ko`rsatadi. Eng ko`p chaqiriladigan xujjatlar gipermatn xujjatlari bo`lib, bu holda HTTP protokoldan foydalaniladi.

    1. URL ning ikkinchi qismi hujjat joylashgan veb serverni aniqlaydi. Manzilning bu qismi domen nomidir. Domen nomining o`zi uch qismdan iborat bo`ladi. Birinchi qismi server internetning qaysi qismiga tegishli ekanligini bildiradi. Ko`pincha serverlar butun olam to`ri – WWW da joylashgan bo`ladi. Ikkinchi qismi server nomini bildiradi. Uchinchi qismi esa server qanday tashkilotga tegishliligini yoki qaysi mamlakatga tegishli ekanliligini bildiradi. Masalan, www.tayi.uz degan yozuv tayi serveri to`rning O`zbekiston segmentida joylashganini bildiradi.
    2. URL ning uchinchi qismi veb sayt serverning qaysi papkasida joylashganini bildiradi. Serverda ko`plab veb saytlar joylashgan bo`lishi mumkin. URL ning uchinchi qismi serverdagi qaysi veb sayt kerakliligini aniqlab beradi. Unda papka ichida joylashgan papkalar ham bo`lishi mumkin.

    URL ning oxiri, to`rtinchi qismi kerakli veb sahifa nomini ko`rsatadi. Agar veb sahifa nomi ko`rsatilmasa, shu papkadagi bosh sahifaga murojaat qilinadi. Bosh sahifa, odatda, index.html deb nomlanadi.

    URL yordamida veb xujjatlarni chaqirish


    1) Klient kompyuteridagi brauzer shu kompyuterdagi TCP/IP protokolini qo`llab-quvvatlovchi dasturga o`zining serverga zarur xujjat uchun talabnoma yuborishga tayyorligi haqida signal yuboradi. Klient kompyuterining TCP/IP dasturi serverning TCP/IP protokolini qo`llab-quvvatlovchi dasturi bilan bog`lanadi. Bu bog`lanish o`rnatilgach, veb brauzer zarur veb xujjatlarni olish uchun serverga talabnoma jo`nata oladi.
    2) Server kompyuterda HTTP (Hyper Text transmission protocol – gipermatni uzatish protokoli) serverining dasturiy taminoti bo`ladi. Bu dastur yordamida TCP/IP protokoli veb brauzer bilan veb serverni bog`laydi. Veb brauzer HTTP yordamida veb serverga talabnomalar jo`natadi, veb server esa so`ralgan veb xujjatlarni jo`natadi.

     

    3) Serverga URL kelganda, u quyidagi uch yo`ldan birini tanlaydi:

    1. O`zining vinchesteridagi ko`rsatilgan papkaga o`tadi va zarur faylni topib, uni ochadi.
    2. Vinchesterdagi joyi ko`rsatilgan stsenariy (skriptni) topib, uni ishlatadi.
    3. Yuz bergan xatoni aniqlab, bu haqida klient kompyuterga xabar (masalan, file not found – fayl topilmadi) yuboradi.

    4) Agar xujjat topilsa, server uning turini tekshiradi va bu xujjatni klientga jo`natadi. Klient kompyuteri bu xujjatni qabul qilib olib, uning turini aniqlaydi. Agar bu hujjatlarni ekranda bevosita tasvirlash mumkin bo`lsa (masalan, ularning turi .html yoki .txt bo`lsa), ular ekranda tasvirlanadi. Aks holda, foydalanuvchidan bu faylni saqlash yoki ochish so`raladi. Agar saqlash kerak bo`lsa, saqlanadigan joyni ko`rsatish so`raladi. Agar tasvirlash kerak bo`lsa, bu turdagi hujjatlarni tasvirlovchi ilova yordamida ekranga chiqariladi.
    5) Agar tasvirlanishi kerak bo`lgan hujjat .html formatida bo`lsa, brauzer xujjatni so`zma-so`z tekshirib chiqadi. Html xujjatda ikki xil so`zlar uchraydi. Birinchisi hujjat kontentini tashkil qiluvchi so`zlar bo`lib, ular ekranda tasvirlanadi. Ikkinchisi html hujjatni hoshiyalash haqidagi ma'lumotlar. Bu ma'lumotlar hujjatni hoshiyalash farmoyishlari yoki teg (tag – nishon) lar deb ataladi. Teglar xujjat mazmunini tashkil qiluvchi so`zlar ekranda qanday aks etishini aniqlaydi

    Interfaol formalar

    Tasvir xaritalari va interfaol sahifalar HTML ning eng umumiy va foydali imkoniyatlaridir. Tasvir xaritasi o`zgarmas rasm bo`lsada, u ko`rinmas chiziqlar bilan bir necha bo`laklarga bo`lingan bo`ladi va har bir bo`lak ustiga sichqonchani olib kelib chertish mumkin.
    Interfaol sahifalarni muloqat sahifalari, deb atash mumkin. Ular HTML asosida yaratilgan bo`lib, ularga Siz turli ma'lumotlarni, masalan, o`zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni: ismingiz, familiyangiz, tug`ilgan yilingiz va boshqalarni kiritishingiz mumkin. Tasvir haritalari ham, interfaol sahifalar ham CGI (Common Gateway Interface – umumiy shlyuz protokoli) deb ataluvchi bog`lanish protokoli yordamida yaratiladi. Bu protokol yordamida veb server boshqa ilovalar bilan bog`lana oladi. Tasvir xaritasi yordamida ajoyib gipermurojaatlar yaratish mumkin. Gipermurojaatlar uchun xizmat qiladigan ajratilgan so`zlar, tugmalar va rasmlardan farqli ravishda, tasvir xaritasida tasvir bir necha bo`laklarga bo`lingan bo`ladi va bu bo`laklarning har biri turli HTML sahifalarga o`tishga xizmat qiladi. Ya'ni tasvir xaritasidagi tasvir ichida “qaynoq joylar” aniqlangan bo`lib, uning ustida sichqonchani chertish bilan unga mos gipermurojaat orqali boshqa sahifalarga o`tish mumkin. qaynoq nuqtalardan birida sichqonchani chertishingiz bilan CGI protokolida yozilgan stsenariy ishga tushadi. Bu stsenariy sichqoncha chertilgan nuqta koordinatalarini tasvir xaritasi bilan solishtiradi va sichqoncha chertilgan nuqtaga mos keladigan URL da joylashgan sahifani yuklaydi.
    Interfaol sahifalar butunlay boshqacha ishlaydi, lekin u ham CGI dan foydalanadi. Interfaol sahifani ma'lumotlar bilan to`ldirgach, sahifadagi tugmani bosish bilan ma'lumotlar serverga qayta ishlashga yuboriladi. Server esa bu ma'lumotlarni bu sahifaga mos qo`yilgan CGI ilovaga uzatadi. CGI ilova ham ma'lumotlarni boshqa ilovaga, masalan, ma'lumotlar omboriga uzatishi yoki saqlab qo`yishi va hatto bu ma'lumotlar asosida yangi veb sahifa yaratishi mumkin.

    Tasvir xaritalari

    1) Ekrandagi xaritada foydalanuvchi Sietl shahrini tanlasin. Bu shaharga mos nuqta koordinatalari 75 va 25 bo`lsin. HTML hujjatda ISMAP (is it a map – bu xaritami) tegi topiladi. Chertilgan nuqta koordinatalari va xarita joylashgan fayl joyi serverga jo`natiladi.
    2) Server koordinatalar va xarita faylini CGI ga uzatadi. CGI esa hujjatning bu koordinatalariga mos URLni aniqlab, uni serverga qaytaradi. Server esa, o`z navbatida, bu URL ni klientga qaytaradi.
    3) Agar bu URL o`sha serverning o`ziga tegishli bo`lsa, unga mos xujjat klientga jo`natiladi. Agar URL boshqa serverga tegishli xujjatga murojaat qilishni talab qilsa, bu haqidagi talabnoma boshqa serverga jo`natiladi.

    Interfaol sahifa
    1) Interfaol sahifaga ma'lumotlar kiritilgach, tasdiqlash tugmasi bosiladi. Natijada maydonchalarga kiritilgan ma'lumotlar serverga jo`natiladi.
    2) Ma'lumotlar serverga kelib tushgach, server CGI ilovani ishga tushiradi. Bu ilova dastur yoki stsenariy bo`lishi mumkin. Ilova ma'lumotlarni ma'lumotlar omboriga qo`yishi yoki bu ma'lumotlar foydalanuvchi nomi va paroli bo`lsa, ularni mavjud ro`yxatda (ma'lumotlar omborida) bor-yo`qligini tekshiradi. Bajarilgan ishlar natijasiga qarab, boshqa ilova yoki sahifa ishga tushadi.

    1385 marta o`qildi.

    Foydalanuvchi ismi: Xaydarov Islom
    Qo`shilgan sana: 2015-04-10

    yaxshi

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений